10.6 Olmada akatsiya soxta qalqondorining zarari va unga qarshi kimyoviy kurash samaradorligi

Authors

  • Olimova Ziyodaxon

Abstract

Ushbu maqolada soxta akatsiya qaloqondorining biologiyasi va zarari, unga qarshi kimyoviy kurashda Nautilis 70% em.k. 10,0-15,0 l/ga, VIBI 58, 40% em.k. 0,8-2,0 l/ga preparatlari qo‘llanilganda 68,5 va 71,6 % biologik samaradorlikka erishilganligi ko‘rsatilgan.

Annotation: in this article, the biology and damage of the false acacia scale, in the chemical control of which Nautilis 70 em.c. 10,0-15,0 l/ha, VIBI 58, 40% em.c. it was shown that 68,5 and 71,6 biological efficiency was achieved when 0,8-2,0 l/ha preparations were used.

Kalit so‘zlar:  akatsiya soxta qalqondori, zararkunanda, zarar, kimyoviy kurash, biologik samaradorlik.

Key words: false acacia scale, pest, damage, chemical control, biological efficiency.

O‘zbekiston sharoitida mevali daraxtlar turli xil zararkunanda va kasalliklar bilan kuchli zararlanadi. Buning sababi tabiiy iqlim sharoitini  qulayligi va ozuqa manbasini yetarliligidir. Olma daraxtida oziqlanish jixatidan turli guruh bo‘g‘imoyoqli hayvonlar, jumladan barg, meva, ildiz zararkunandalarini uchratish mumkin. Zararkunandalar oziqlanish xususiyatiga ko‘ra so‘ruvchi va kemiruvchi guruhlariga  bo‘linadi. Homoptera turkumi Koksidlar kenja turkumiga mansub  akatsiya soxta qalqondori (Parthenolecanium Corni. Bouch) Coccidae oilasiga mansub bu hasharot ham sanchib so‘ruvchi og‘iz apparatiga egadir. Ushbu mayda (0,5-3 mm) hasharotlarda jinsiy farqlanish (dimorfizm) kuchli namoyon bo‘lgan. Urg‘ochilari qanotsiz, oyoq va mo‘ylovlari juda qisqarib ketgan, yelka tomonidan mum bilan qoplanib qattiqlangan. Erkaklari esa hasharotlarga xos barcha qismlarga ega: yaxshi uchadi, oziqlanmaydi, qisqa umr ko‘radi (bir necha soatdan 1-3 kungacha). Bu zot o‘z vazifasini bajarishgagina mo‘ljallangan.

Birnnchi yosh lichinkalari («daydilar») qalqon tagidan chiqib daraxt bo‘ylab tarqab ketadi, qulay joy topgach, bir yerga yopishib, rivojini shu yerda tugatadi. Ular 2-3 marta pust tashlab, urgochi yetuk zotga aylanadi, erkaklari esa 4 marta po‘st tashlaydi. Daraxt po‘stlog‘ini va barglarini sanchib-so‘rib zaiflashtiradi.

Akatsiya soxta qalqondori – Parthenolecanium corni Bouche. Hammaxo‘r keng tarqalgan xasharot. Barcha mevali va manzarali daraxtlarni xamda ko‘p yillik o‘tlarni zararlashi mumkin. O‘zbekistonda soxta qalqondorlar orasida asosiylaridan hisoblanadi (Xolmuratov, 1998).

Nisbatan yirik xasharot – urg‘ochi zotning uzunligi 3,6-6 mm, kengligi 2-5 mm, balandligi 4 mm. Rangi to‘q sariqdan qizg‘ish-qo‘ngir tusgacha. Erkagining uzunligi 1,4-1,6 mm, cho‘ziq ingichka, bosh, ko‘krak va qorni ajralib turadi, 1 juft qanotlari mavjud, oyoqlari hamda 10 bo‘g‘inli sariq mo‘ylovlari bor, qornining oxirida 2 ta tanasidan uzun tuklari bor. Yangi qo‘yilgan tuxumlari oq, oval shaklda, 0,175-0,275 mm keladi. Lichinkalari: 1-yoshi keng, och sarik tusda; 2-yoshi qizil-qo‘ngir tusda; 3-yoshi yirik qalqonga ega, rangi qizgish-qo‘ngir tusda.

Published

01-10-2024

How to Cite

Olimova Ziyodaxon. (2024). 10.6 Olmada akatsiya soxta qalqondorining zarari va unga qarshi kimyoviy kurash samaradorligi. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 10(1), 21–24. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/328