9.19 QUROLLI KUCHLARIMIZDA TRANSPORT VOSITALARINING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada dunyo mamlakatlari armiyalaridagi zamonaviy transport vositalari haqida umumiy tushunchalar, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy texnikalardan foydalanish, milliy armiyamiz tarkibiga jahon standartlariga mos keladigan transport vositalarini jalb etish, xususan, uchuvchisiz uchish apparatlari va dronlar, zamonaviy vertolyotlar, qiruvchi samalyotlar, kvadratsikllardan foydalanish, harbiy qism va batalyonlar tarkibidagi avtoparklar moddiy texnik bazasini boyitish, aerodromlarda harbiy aviatsiya transportlarining sinov jarayonlarini o’tkazish, metrologiya va standartlashtirish sohalari rolini harbiy sohada kuchaytirish masalalari tahlil qilingan. Qurolli kuchlarimizda transport vositalaridan foydalanish afzalliklari keng yoritib ko’rsatilgan. Texnik hamda muhandislik, shu jumladan, transport va metrologiya yo’nalishlarida ta’lim olayotgan kursantlarga aviatsiya va avtomobil transport soha mutaxassisliklari doirasidagi bilim va amaliy tajribalarni chuqur egallash, me’yoriy hujjatlar va metrologik nazorat bo’yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassis kadrlar, kursantlarni xorijiy mamlakatlar bilan eng zamonaviy bilim va ko’nikmalarni egallash maqsadida tajriba almashuv amalyotlarini yo’lga qo’yish masalalarini amaliyotga tatbiq etish bo’yicha bir qancha takliflar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Qurolli kuchlar, harbiy texnika, armiya, metrologiya, artilleriya, gaubitsa, dron, ZIL-131, sun’iy yo’ldosh navigatsiya, radar tizimi, radius, sun’iy intellekt, jangovar vertolyot, BTR-70, poligon, nanotexnologiya, batalyon.
Kirish. Hozirgi davrda butun dunyo mamlakatlarida insoniyatning cheksiz ehtiyojlari sababli yangi transport vositalari yaratilmoqda, foydalanishdagilari esa zamonaviylashtirilmoqda. Transport vositalari yuk va yo’lovchi tashuvlarda nafaqat masofa va vaqtdan yutibgina qolmay, bizga katta hajmdagi yuklarni tashishda yordam berib kelmoqda. Umuman olganda transport vositalarisiz barcha sohalarni bugungi kunda tasavvur qilish qiyin. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa sohalar singari davlat mudofalarida ham transportning barcha turlaridan keng foydalanib kelinmoqda.