9.12 MIZOJ NIMA?

Authors

  • Gulamnazarov Murodilla, Jumayev Navruz, Isaqova Gavharshod

Abstract

In this article, you will get complete information about what a “Mizoj” is and how to identify your customer. Mood or temperament is the individual characteristics of a person’s activity, I.e. the description of the pace, rhythm, intensity of a particular psychological process and state, physiologically related to the activity of the nervous system. It is main faced in the emotional arousal of a person and his general mobility.

Key words: temperament, temperament hot, dry, cold, wet temperament, simple temperament and complex temperament, moderate temperament.

Annotatsiya: Ushbu maqolada siz mizoj” o’zi nimaligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lasiz va o’z mizojingizni aniqlab olasiz. Mizoj yoki temperament – shaxs faoliyatining individual xususiyatlari, ya’ni alohida pisixik jarayon va holatidagi tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik jihatdan nerv sistemasi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan kayfiyatdir. Bu kishidagi hissiyotning qo’zg’aluvchanligi hamda uning umumiy harakatchanligida namoyon bo’ladi.

Kalit so’zlar: Mizoj, temperament, issiq, quruq, sovuq, ho’l mizojlar, oddiy mizoj va murakkab mizoj, mo’tadil mizoj.

Mizoj – bu unsurlarning o’zaro aralashuvi jarayonida qarama – qarshi ta’sirlarning kamayishi natijasida hosil bo’lgan moddiy jismning yangi sifatidir yoki unsurlarning nihoyat darajada mayda bo’laklaridagi qarama – qarshi kayfiyatlarning bir-biriga ta’siri ma’lum bir chegaraga yetganda paydo bo’ladigan kayfiyatdir. Har qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu organizmning atrof-muhit ta’siriga javoban ko’rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa namoyon bo’ladi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining imo-ishoralarida (mimikalarida) ifodalanadi. Shu xildagi individual xususiyatlardan kishining mizoji tarkib topadi.

Mizoj tushunchasi Gippokrat davridayoq ma’lum bo’lgan. Mizoj haqida 2xil nazariya – gumoral va morfologik nazariya mavjud.

Gumoral nazariya eng qadimiysi bo’lib, unga ko’ra odam mizojining turlicha bo’lishi organizmdagi 4 xil suyuqlik – qon, safro, balg’am , qora o’tning nisbati bilan bog’liq . Insonda qaysi suyuqlik nisbati ko’proq bo’lsa shu suyuqlikka oid tipga kiradi.

Morfologik nazariyaga ko’ra bo’lsa bu nazariya mizojni tana tuzilishiga va tashqi qiyofasiga qarab belgilaydi.mizojning markaziy nerv sistemasi bilan bog’liq ilmiy nazariyasini I.P.Pavlov ishlab chiqqan. U nerv sistemasini 3 asosiy xususiyatiga: qo’zg’alish va tormozlanish kuchi, bu jarayonlarning muvozanati va ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi. Fanninng hozirgi taraqqiyot bosqichida psixologlar mizojning oliy nerv faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqligi tog’risidagi g’oyalarni ishlab chiqishdi. Hozirgi zamon ilmiy tibbiyot tushunchasi bilan aytganda mizoj bu moddiy jism  sifatlarini gavdalantirgan organizmning ichki muhiti – gomeostazidir.

Published

10-06-2024

How to Cite

Gulamnazarov Murodilla, Jumayev Navruz, Isaqova Gavharshod. (2024). 9.12 MIZOJ NIMA?. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 9(1), 77–79. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/298