9.9 TA’LIMDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI

Authors

  • Raximova Nodira Xurram qizi Nizomiy nomidagi TDPU “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida foydalaniladigan bulutli texnologiyalar haqida so’z yuritilinadi. O’quv jarayoniga turli didaktik materiallarni tayyorlashda foydalaniladigan bulutli hizmatlar haqida qisqacha bayon qilingan.

Kalit so’zlar: Web texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, Google bulutli xizmati, Canva.

Abstract: This article describes cloud technologies used in the educational process. A brief description of cloud services used in the preparation of various teaching materials for the educational process.

Keywords: Web technologies, cloud technologies, Google cloud service, Canva.

Web texnologiyalarning rivojlanishi turli xildagi interfaol hususiyatga ega saytlar, foydali ta’lim portallari va platformalarning yaratilishiga va ishlashiga olib keldi. Masofadan turib istalgan hujjatlarni virtual joylardan olish, uzatish, qayta ishlash imkoniyatini beruvchi bulutli texnologiyalar (hizmatlar) vujudga keldi. Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing - bulutli hisoblash) – ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash vositalaridan masofadan foydalanishni o‘z ichiga olgan yangi xizmatdir. Ta’lim jarayonida bulutli texnologiyalarga misol sifatida elektron kundaliklar va jurnallar, o‘qituvchilar elektron portfoliosi va talabalarning shaxsiy kabinetlari, interfaol qabulxona, tematik forumlar, axborot qidirish va boshqalarni keltirish mumkin. Shulardan biri Google classroom bo’lib, virtual sinflarni yaratish, vazifalar va uy vazifalarini taqsimlash, auditoriya bilan muloqot qilish va odatda auditoriyada va undan tashqarida tartibni saqlash uchun boy, keng qamrovli, bepul yechim hisoblanadi. Gmail akkauntiga ega bo‘lgan foydalanuvchi ushbu ilovadan va Google ning barcha vositalaridan foydalanishi mumkin. Tizim auditoriyada onlayn treningni tashkil qilish imkonini beradi, talabalar o‘z o‘qituvchilari va guruhdoshlari bilan savol-javob qilishlari mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilar uyda tanishish uchun savollar va dars materiallarini joylashtirishlari mumkin.

Google bulutli xizmatlari yordamida qo‘yidagi formatlarda eksport va import qilish mumkin:

- jadvallar Excel, Open Office, PDF, CSV, HTML;

- taqdimotlar PDF, PowerPoint, Text;

- rasmlar JPEG, PNG, PDF, SVG.

Google hujjatlarida hamkorlikda ishlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

  1. Hujjatning HTML versiyasini yaratish (HTML versiyasi blogga, Google saytiga yoki boshqa manbaga joylashtirilishi mumkin).
  2. Hujjatni keng veb-auditoriyaga namoyish etish (bir vaqtning o‘zida faqat 50 nafar foydalanuvchi asl hujjatni ko‘rishi mumkin, yengil veb-sahifada bunday cheklovlar mavjud emas).
  3. Yuklab olinadigan fayllarga tezkor kirishni ta’minlash (faqat Google jadval uchun).
  4. Hujjatning yangilanmaydigan versiyasini nashr etish (bunday versiyani nashr etishdan oldin siz "O‘zgartirishlar kiritilgandan keyin avtomatik ravishda qayta nashr etish" katagiga belgini olib tashlashingiz kerak).

Google taqdimotlarini ko‘rish quyidagi birgalikda ko‘rish xususiyatlariga ega:

* ulanish havola orqali amalga oshiriladi;

* Google xizmatlari va Google akkauntga kirish ixtiyoriy;

* ko‘rish real vaqt rejimida amalga oshiriladi;

* ulanganlarning har biri tomonidan mustaqil ravishda ko‘rish mumkin.

Published

09-06-2024

How to Cite

Raximova Nodira Xurram qizi Nizomiy nomidagi TDPU “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi. (2024). 9.9 TA’LIMDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 9(1), 64–66. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/295