8.6 MARKAZIY OSIYO RIVOJIDA YANGI O‘ZBEKISTON YURITAYOTGAN SIYOSIY FAOLIYATNING AHAMIYATI
Abstract
Maqolada Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, bugungi kunning eng dolzarb muammolariga adolatli yechim taklif etayotgan, tashqi siyosiy faoliyatda katta foyda keltiradigan shartnomalar imzolashda yetakchi o‘rinni egallab turgan yangi O‘zbekistonning tashabbuslari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Barqarorlik, tinchlik, konferensiya, tashabbus, siyosat, Tolibon, dekloratsiya, terrorizm, Afg‘oniston, muzokara, shartnoma.
Annotation: The article highlights the initiatives of the new Uzbekistan, which is important for Central Asia, offers a fair solution to today's most urgent problems, and takes a leading position in signing agreements that bring great benefits in foreign political activity.
Keywords: Stability, peace, conference, initiative, policy, Taliban, declaration, terrorism, Afghanistan, negotiation, agreement.
Kirish
Markaziy Osiyo mintaqasi tarixan qudratli davlatlar raqobat maydoni, turli manfaatlar to‘qnashgan nuqta bo‘lib kelgan. Xalqaro miqyosdagi munosabatlarda raqobat maydoni bo‘lgan mintaqani boshqarish va nazorat qilish mexanizmini shakillanish jarayoning tarixiy asoslari mavjud.
Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi bir qator tashabbuslari, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashjagi bir qator tashabbuslarining o‘rni va ahamiyati muhim hisoblanadi. Mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasida mamlakatimiz tomonidan bir necha xalqaro tashkilotlar dorasida muhim tashabbuslar ilgari surilib kelinmoqda.