7.16 YO‘L-TRANSPORT HODISALARI PROFILAKTIKASIDA TIZIMLI TAHLILNING O‘RNI

Authors

  • Usmanova Maxira Nuraliyevna (Toshkent davlat transport universiteti professor).,Haqberdieva Gavxaroy Kabilovna (Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchi)

Abstract

Ushbu maqolada mualliflar yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lib turishi, uning oqibatida insonlarning hayotdan ko‘z yumushi yoki turli darajada tan jarohatlarini oldini olish va kamaytirish bo‘yicha tadqiqotlari keltirilgan.

Abstract. In this article, the authors present researches on the occurrence of traffic accidents, the prevention and reduction of human deaths or injuries of various degrees as a result.

Kalit so‘zlar: yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘l-transport hodisalari, tahlil, transport vositasi

Key words: road safety, traffic accidents, analysis, vehicle

Respublikamizda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari, soha mutaxassislari va jamoatchilik tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha muayyan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shunday bo‘lsada, avtomobil yo‘llarimizda insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi, turli darajada jarohat olishi va moddiy zarar keltirishi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari hamon sodir bo‘lib turibdi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash holatining  natijaviy ko‘rsatkichlaridan biri – bu yo‘l-transport hodisalari(YTH)dir. YTH lar soni va uning oqibatida ijtimoiy va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish uni tizimli tahlil qilish natijasida asosiy omillarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish orqali erishish mumkin.

Bugungi kunda YTH statistik ma’lumotlarini tahlil qilish uchun ular haqidagi ma’lumotlarni to‘plashning avtomatik tizimi yaratilgan bo‘lishiga qaramay, ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish va solishtirishning statistik usullari yetarli darajada ishlab chiqilmagan.

Harakat xavfsizligini tashkil etish uchun aniq tadbirlar belgilashda asosiy tayanch ko‘rsatma sifatida YTHni har taraflama chuqur, ob’ektiv tizimli tahlil qilish natijalaridan olingan xulosalardan foydalaniladi.

YTH quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadida tahlil qilinadi [2]:

- harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit» tizimiga kiruvchi har bir faktorning faoliyatiga tegishli tadbir va choralar ishlab chiqish uchun;

- biron-bir boshqaruv territoriyasidagi, vazirliklardagi va ularning korxonalaridagi falokatlar ahvolini, o‘zgarish mohiyatini hamda istiqboldagi o‘zgarishini bashorat qilish maqsadida;

- YTHning kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida tuziladigan ko‘rsatmalarni ishlab chiqish uchun;

- YTH ko‘p qaytariladigan yo‘l bo‘laklarini aniqlash maqsadida;

- bitta yoki bir nechta bir xil YTHning vujudga kelish sabablarini aniqlash uchun;

- YTHni tahlil qilish uchun universal dastur tuzish maqsadida.

Davlat yo‘l  harakati  xavfsizligi xizmati bosh boshqarmasi hamda Transport vazirligi tomonidan sodir bo‘lgan YTH lari hisobga olinadi, hamda shu statistik ma’lumotlar tizimli  tahlil qilinib boriladi. YTH lar prfilaktikasida tahlil asosiy o‘rin tutar ekan, uning tizimliligiga ahamiyat berishimiz kerak.

Published

15-05-2024

How to Cite

Usmanova Maxira Nuraliyevna (Toshkent davlat transport universiteti professor).,Haqberdieva Gavxaroy Kabilovna (Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchi). (2024). 7.16 YO‘L-TRANSPORT HODISALARI PROFILAKTIKASIDA TIZIMLI TAHLILNING O‘RNI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 7(1), 60–63. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/237