7.14 “QIZIL VA QORA” ROMANIDA RUHIYAT BILAN BOG‘LIQ LEKSIK BIRLIKLAR

Authors

  • Sapayev Asadbek Nuraddin o‘gli UrDU Lingvistika: fransuz tili yo‘nalishi 2-bosqich magistranti

Abstract

Mazkur maqolada ruhiyat talqinini ifodalovchi birliklar fransuz yozuvchisi Stendal tomonidan yozilgan “Qizil va qora”romani orqali ko‘rsatib berilgan. Bunda romanda ruhiyat va hissiyotni ifodalovchi birliklar misollar yordamida ko‘rsatilib, ularning asardagi ma’nolari va qanday vazifada kelganligi va ularning vazifalari tahlil qilib berilgan. Asarda keltirilgan ruhiyatni ifodalovchi leksik birliklarning ma’no va vazifalari ham keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: emotsiya,ruhiyat, hissiyot, sevgi, nafrat,g’azab, leksik birlik, rashk, muhabbat, qo‘rquv. 

Annotation: In this article, the units representing the interpretation of spirituality are shown through the novel “Red and Black” written by the French writer Stendal. In this case, the units are given with the help of examples which represent the spirit and emotions. Their meanings and functions in the work are analyzed. The meaning and functions of the lexical units that represent the spirit in the work are also mentioned.

Key words: emotion, spirit, feeling, hatred, anger, lexical unit, jealously, love, fear.

Inson ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan til vositalarini pragmalingvistik, psixolingvistik, nuqtai nazardan tahlil qilish jarayonida inson va uning omili ustun hisoblanadi. Inson va uning ruhiyati hamda nutq vaziyati bir-birini taqozo etadigan jarayondir. Hissiy ifoda - bu hissiy holat yoki munosabatni bildiradigan xatti-harakatlardir. Hissiyotni ifodalash og‘zaki yoki og‘zaki bo'lmagan bo‘lishi mumkin va o‘z-o‘zini anglash bilan yoki anglamagan holda sodir bo‘lishi mumkin. Matndagi his tuyg‘ularni tahlil qilish yozuvchilarning fikri va ta’sirchan niyatini shuningdek, ularning har xil mavzular nisbatan munosabati, baholari va moyilliklarini aniqlashga yordam beradi. Tuyg'ularni tahlil qilish bo‘yicha oldingi ishlar turli xil matn janrlari bo'yicha qilingan. Tuyg'ularni tahlil qilish bo'yicha ish odatda ijobiy yoki salbiy yo‘nalishni tan olishga qaratilgan. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan obyektlarga bo‘lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo‘llash mumkin. Belgilari xususan yaqqol namoyon bo‘ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon sodir bo‘lishining konkret shakligina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo‘lmaydi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan ayrimlari aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir -birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg‘otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma’lum qo‘zg‘alishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari.

Published

15-05-2024

How to Cite

Sapayev Asadbek Nuraddin o‘gli UrDU Lingvistika: fransuz tili yo‘nalishi 2-bosqich magistranti. (2024). 7.14 “QIZIL VA QORA” ROMANIDA RUHIYAT BILAN BOG‘LIQ LEKSIK BIRLIKLAR. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 7(1), 51–52. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/235