7.10 YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MUAMMOLARINI ANIQLASH
Abstract
Halokatlilikni kamaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib, tadqiqot natijalari va YTH tahlili xizmat qiladi. YTH- halokatlilik oqibatlariga olib keladigan omillar majmuaviy hisoblanadi. Shuningdek, yuzaga keladigan har bir yo‘l-transport holati uning ishtirokchilari harakatining takrorlanmas va bir marta sodir bo‘ladigan holatidir. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishning asosiy yo‘nalishi – YTH tahlilini tizimli tahlil etish va uning natijasida kompleks tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Abstract. The research results and accident analysis serve as the basis for the development of complex measures aimed at reducing the fatality. Accidents - factors that lead to fatal consequences are complex. Also, each traffic situation that occurs is a non-repeatable and one-time situation of the movement of its participants. The main direction of increasing road safety is the systematic analysis of accidents and the development of complex measures as a result.
Kalit so‘zlar: yo‘l-transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligi, halokatlilik, haydovchilarning ruhiy va jismoniy holatlari, avtomobil konstruksiyasi, avtomobil yo‘llari, yo‘l-transport hodisalari tahlili, piyodalar harakati,ijtimoiy tavakkalchilik, transport tavakkalchilik, tizim va omillar.
Key words: road traffic accidents, traffic safety, fatality, mental and physical conditions of drivers, vehicle construction, highways, traffic accident analysis, pedestrian traffic, social risk, traffic risk , system and factors.
Yo‘l harakati sohasidagi tizimli muammolarning tashkiliy-huquqiy yechimini topish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-son qarori asosida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning 5 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Birinchidan, Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yo‘l harakati ishtirokchilarining «piyoda-jamoat transporti-velotransport-avtotransport» ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilgan holda, o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
Uchinchidan, Haydovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash;
To‘rtinchidan, yo‘l harakati qoidalari asoslarini bolalikdan singdirishni yo‘lga qo‘yish, ushbu amaliyotni maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida joriy etish;
Beshinchidan, yo‘l harakatini tashkil etishni to‘liq raqamlashtirish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, yangi boshqaruv va nazorat tizimlarini tatbiq qilish.