7.9 BOLALAR ADABIYOTIDA MASAL JANRINING TUTGAN O’RNI, AHAMIYATI

Authors

  • Xudoyberdiyeva Nodira O’ktamovna BuxDPI o’qituvchisi Nasriddinova Charos BuxDPI 1-kurs talabasi

Abstract

Ushbu maqolada masal janrining bolalar hayotida tutgan o’rni, masal janrining ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Bu janrda kimlar ijod qilganligi, asrlar davomida qanday shakllanib kelganligi haqida maqolada ta’kidlab o’tilgan.

Kalit so’zlar: matal, janr, “Kalila va Dimna”, boshlang’ich sinf darsliklari, masal.

Аннотация: В данной статье рассматривается роль басенного жанра в жизни детей, воспитательно-образовательное значение басенного жанра. О том, кто творил в этом жанре, как он складывался на протяжении веков, будет рассказано в статье.

Ключевые слова: предмет, жанр, «Калила и Димна», учебники начальной школы, притча.

Annotation: This article discusses the role of the parable genre in children's lives, and the educational and educational significance of the parable genre. It is noted in the article who created the genre, how it was formed over the centuries.

Keywords: subject, genre, "Kalila and Dimna", elementary school textbooks, parable

O’zbek asarlari qanchalik tez ortib borayotgan bo’lsa, chet el asarlariga ham bo’lgan ehtiyoj so’ngani yo’q, albatta. Yosh kitobxonlar o’zbek xalq adabiyotlarida mehnat, do’stlik tuyg’ulari kurtak ochganini ko’rishadi. Shu jumladan, masallarning hayorimizga o’rnak bo’ladigan, hozirgi yoshlar uchun namuna, saboq bo’ladigan tomonlari juda ko’p. Shuning uchun ham masal so’zining ma’nosi namuna, misol degani. Masal janrining unsurlari juda qadimdan ma’lum. Uning namunalari “Kalila va Dimna” (“Panchatantra”) tarkibida uchraydi. Masal janri uzoq tarixga ega.

Masalni tadqiqotchi olimlar: “Masal bu - insoniyatning jonivorlar haqidagi ilk ibtidoiy ertaklari bilan ulardan ancha keyin paydo bo’lgan maqol, matal va zamonaviy latifalar orasidagi muhim bir majoziy bekatdir”, - deydi, - “Uning yoshi ming yillar bilan o’lchanadi”.

Yunon adabiyotida Hesioddan boshlangan bu hodisa jahon xalqlari adabiyotida mustahkam o’rin oldi. Hatto ba’zi bir adabiyotlarda masalnavizlik bilan shug’ullanib elga tanilgan ijodkorlar (I.A.Krilov, o’zbek adabiyotida Yamin Qurbon) ko’zga tashlanishga ulgurdi. A.Navoiy, Gulxaniy, Hamza, Elbek kabi ijodkorlar esa bu  qadimiy janrga  o’z hissalarini qo’shishgan.

Nafaqat bu janr katta yoshdagi kitobxonlar orasida, balki bolalar orasida ham qo’ldan tushmay mutolaa qilinyapti, o’rganilyapti. Bolalar adabiyoti - bolalar va o’smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, publitsistik asarlar jamlanmasi. Bolalar adabiyotining aksariyat qismini tez aytishlar, topishmoq-u ertaklar, maqol va o’yin qo’shiqlari egallagan. Bolalar adabiyoti tarbiya qurolidir. Kichkintoylarga mo’ljallangan asarlar ularning tushunish darajalarini, saviyalarini, o’qish savodxonliklarini hisobga olgan holda yoziladi. Oddiygina qilib mana shu qadimiy janrlardan biri hisoblangan masal bolalarga ranglarining xilma-xilligi bilan, e’tiborni tortishi bilan ma’zur bo’ladi. Masalda ijtimoiy hodisalar, qushlar, turli hayvonlarga bo’lgan munosabat, tabiat hodisalari aks ettirilganligi sababli bolalarning qiziqishi juda kuchli bo’lganligi uchun ularning darajalariga mos bo’lgan masallar ularning hayotga bo’lgan munosabatlarini yaxshilaydi. Bolalarni masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki dastavval, obrazlarning go’zalligi o’ziga jalb qiladi. Shuning uchun bolalar bilan masal ustida ishlashni hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash bilan boshlanadi.

Published

15-05-2024

How to Cite

Xudoyberdiyeva Nodira O’ktamovna BuxDPI o’qituvchisi Nasriddinova Charos BuxDPI 1-kurs talabasi. (2024). 7.9 BOLALAR ADABIYOTIDA MASAL JANRINING TUTGAN O’RNI, AHAMIYATI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 7(1), 32–33. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/232