7.6 QISH MAVSUMIDA AVTOMOBIL YO'LLARINING HOLATI HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA'SIRI O‘RGANISH

Authors

  • Turdibekov Salohiddin Kodirovich (Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchi), Shermatov Shamshir Xusanovich (Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchi), Abdusamatov Erkinjon Xalim o‘g‘li (Toshkent davlat transport univer

Abstract

Qish mavsumida noqulay ob-havo sharoitida avtomobil yo‘llarning qish mavsumida foydalanishda yuqori darajadagi qulaylik va harakat xavfsizligini ta’siri o‘rganilgan. Qishda avtomobil yo'llarni tozalash bo'yicha katta hajmi ishlar va ularni amalga oshirishning murakkabligi, transport tarmog'idagi yo'llarning sezilarli uzunligi va turli darajadagi ahamiyati tufayli ko'plab mamlakatlarda butun yo'l tarmog'ini qishda bir xil sifat darajasi bilan saqlash iqtisodiy jihatdan maqbul muddati o‘rganilgan.

Abstract. The effect of high level of comfort and traffic safety in the use of highways in the winter season in adverse weather conditions was studied. Due to the large volume of work on road cleaning in winter and the complexity of their implementation, the considerable length and different levels of importance of roads in the transport network, in many countries it is necessary to maintain the entire road network with the same quality level in winter. the economically acceptable term has been studied.

Kalit so‘zlar: Avtomobil yo‘li, qor, muzlama, tezlik, qorning zichligi.

Key words: Highway, snow, freezing, speed, snow density.

 

Qish mavsumida noqulay ob-havo va iqlim omillari ta'sirida avtomobil yo'llarining transport va ekspluatatsion xususiyatlari, shuningdek, harakatlanish sharoitlari o'zgaradi. Ularning asosiylari (qatnov qismining holati) muz, qor qatlamlari va bo'sh-suvli qorlardir.

Yo'l harakati uchun eng katta to'siq yog'ingarchilikning muzlashi yoki qoplama yuzasida kondensatsiyalangan namlik natijasida hosil bo'lgan va qalinligi 1-3 mm va zichligi 0,7 g/sm3 gacha bo'lgan muz tufayli yuzaga keladi.[1] Muzni yo'q qilish uchun mexanik, termal, elektr yoki kimyoviy usullar yordamida muz plyonkasini butunlay yo'q qilish kerak.

Yo'llarda qor qoplami, agar u yo'ldan o'z vaqtida olib tashlanmasa yoki muzni eritadigan aralashmasi bilan ishlov berilmasa, yog'ayotgan qorning miqdorining oshib borishi avtomobil g'ildiraklarining joyida aylanib qolisiga sabab bo’ladi.

Qorning zichligi 0,5 g/sm3 ga yetishi mumkin. Ko'pincha qor yog'ishida uning to’shamasi -6 ° C dan yuqori haroratlarda, oz miqdorda qor yog'ishida ham kuzatiladi.[1]

Qor to’shamasini ya’ni qatnov qismidagi qor mexanik yoki kimyoviy yo'l bilan yo'l qatnov qismidan ketma-ketlik bilan olib tashlanadi. Qorning namligi 20% dan ortiq bo'lsa, 0o  C yuqori haroratda qor to’shamasi hosil bo'lmaydi. [2]

Qor yoq'q'anda va bo'ron paytida avtomobil yo'llarida yumshoq qorning zichligi 0,20 g / sm3 ga etadi. Qor yog'ishi yoki bo'ron boshlanishida xloridlarni profilaktik ravishda sepish orqali qor erigan holatga keltiriladi, shunda qatnov qismida xloridlar qorning muz holatida bo'lisining oldi oladi.

Published

15-05-2024

How to Cite

Turdibekov Salohiddin Kodirovich (Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchi), Shermatov Shamshir Xusanovich (Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchi), Abdusamatov Erkinjon Xalim o‘g‘li (Toshkent davlat transport univer. (2024). 7.6 QISH MAVSUMIDA AVTOMOBIL YO’LLARINING HOLATI HARAKAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI O‘RGANISH. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 7(1), 19–22. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/229