3.19 Texnika falsafasi – insoniyat rivojlanish tarixining bir qismi sifatida
Abstract
Annotasiya. Fan falsafasidan farqli o‘laroq, texnika falsafasi gnoseologik va ijtimoiy mazmundagi falsafiy bilimlarning yangi tarmoqlaridan biridir. Uning maqomi hali aniq belgilanmagan. Texnika – texnika falsafasining eng muhim jihatidir. Zamonaviy G‘arb falsafasining muammoli ijtimoiy-madaniy sohalarining mahsuli sifatida texnikaga asoslangan har tomonlama, tizimli tahlil qilish bu texnika falsafasidir..
Kalit so‘zlar: qurilma, tizimli tahlil, taraqqiyot, tabiat, kashfiyot, ratsionallik, samaradorlik.
Ammo texnikaning bunday talqini juda kengdir, chunki u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: masalan, yaratilgan san’at ob’ektlari (musiqa, rasm, she’riyat) bilan bog‘liq inson faoliyatini. Shuning uchun texnika tushunchasiga ba’zi tushuntirishlar kiritilishi kerak. Sun’iy ob’ektlar va san’at namunalari haqida gap ketganda, birinchi navbatda, har qanday maqsadlarga erishishga qaratilgan texnologik vositalar tizimi tushuniladi. Demak, yana ham qisqacha qilib tushuntiradigan bo‘lsak, “Texnika” atamasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) qurilmalar va mashinalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish;
2) ishlab chiqarilgan va foydalanilgan sun’iy ob’ektlar va san’at namunalari;
3) barchaga xizmat qiladigan ehtiyojlar va maqsadlar.
Shundan kelib chiqadiki, texnik qurilmalarni ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlarining to‘plamini texnika deb hisoblash mumkin. Nemis ekzistensialisti K.Yaspers texnikani tizim deb hisoblaydi, uning fikricha: “Maqsadga erishish uchun oraliq vositalar kiritilganda texnika paydo bo‘ladi. Masalan, nafas olish, harakat qilish, ovqatlanish kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyat hali texnika deb nomlanmagan. Biroq, agarda bu jarayonlar noto‘g‘ri bajarilganda, ularni to‘g‘ri bajarish uchun harakatlar boshlanadi va ular nafas olish texnikasi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
Fan falsafasidan farqli o‘laroq, texnika falsafasi gnoseologik va ijtimoiy mazmundagi falsafiy bilimlarning yangi tarmoqlaridan biridir. Uning maqomi hali aniq belgilanmagan. Texnika – texnika falsafasining eng muhim jihatidir. Zamonaviy G‘arb falsafasining muammoli ijtimoiy-madaniy sohalarining mahsuli sifatida texnikaga asoslangan har tomonlama, tizimli tahlil qilish bu texnika falsafasidir. Rus va nemis tilidagi adabiyotlarda “texnika falsafasi” atamasini ishlatish odatiy hol bo‘lsa, ingliz tilidagi adabiyotlarda esa “texnika falsafasi” – eng ommaviy va keng tarqalgan so‘zlardan biridir. Shuni unutmasligimiz kerakki, bunda biz texnika va texnologiya iboralarini bir-biriga aralashtirib yubormasligimiz, fikrlarimizni tuzishda ushbu tushunchalarning mazmun-mohiyatiga qarab qo‘llasimiz talab etiladi.
X.Skolimovskiyning yozishicha, “texnika falsafasi”ning paydo bo‘lishi, bizning sivilizatsiyamizni yaratish va yo‘q qilishda texnikaning ahamiyatini tan olishni aks ettiradi”. Darhaqiqat, texnikaning ta’sir doirasi tobora oshib borayotgan hozirgi shart-sharoitda insoniyatning omon qolishi uchun yangi imkoniyatlarni izlashga majbur qilmoqda. Bunda biz texnika fenomenida markaziy nuqtani topmog‘imiz darkor. Mazkur nuqtada ko‘plab yo‘llar birlashadi. Svilizatsiyaning rivojlanishi, uning strukturasining shaklanishi ham shu nuqtadan boshlanadi. Shuningdek, “taraqqiyot”, “tabiat”, “kashfiyot”, “ratsionallik”, “samaradorlik” kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Texnika falsafasini madaniyat falsafasi va inson falsafasi deb atashadi. Chunku inson aqlu idroki bilan yaratilgan texnik qurilmalar va sun’iy ob’ektlar qaysidir jihatlari bilan madaniy ob’ektlar sirasiga kiradi. Shuningdek, texnika falsafasi – insoniyat rivojlanish tarixining bir qismidir. Hunarmandchilikka e’tibor qaratgan va tasvirlagan hamda birinchilardan bo‘lib texnik yangiliklar va ixtirolar haqida yozganlar fransuz ma’rifatparvar faylasuflari D.Didro va J.Dalember edilar. XIX asrda faoliyat ko‘rsatgan G.Gegel oʻz asarlarida mashinaning paydo boʻlishini mehnat taqsimoti bilan bogʻladi va insonning tabiatga instrumental munosabatini birinchilardan boʻlib falsafiy tahlil qildi. O‘sha davrda yashagan K.Marks texnikaning kishilik jamiyatidagi ahamiyatini atroflicha tahlil qila oldi.
“Texnika falsafasi” atamasi birinchi bo‘lib, E.Kapp tomonidan 1877 yilda nashr etilgan “Texnika falsafasining asosiy yo‘nalishlari” nomli kitobida muloqotga kiritilganligi o‘z davrida ilmiy burilish yasagan va texnika falsafasining madaniyatning yangi nuqtadan paydo bo‘lishi sifatida tarixiga kirgan. Biroz vaqt o‘tgach, yana bir nemis faylasufi F.Bon “Majburiyat va yaxshilik to‘g‘risida” (1898) nomli kitobida ham texnika falsafasini tahlil etgan. Ushbu kitobning boblaridan biri “falsafaga bag‘ishlangan texnika” deb nomlanganligi fikrimizni tasdiqlaydi. Taxminan bir vaqtning o‘zida Frantsiyada A.Espinas falsafiy yondashuvga asoslangan texnikaning umumiy nazariyasi va falsafiy atamalar mavzusida ishlaganligi ma’lum. XIX asr Rus faylasufi va muhandisi P.K.Engelmeyer o‘zining “Texnika” risolasida texnika falsafasining vazifalarini shakllantirgan. Shubxasiz, bu XIX asr texnika falsafasi paradigmasining shakllanish davri edi va bu jarayonga o‘sha davrning faylasuflari va muhandislari o‘z hissalarini qo‘shishgan.
Mustaqil fan sifatida texnika falsafasi XX asrda vujudga kelgan. Aynan shu davrda nafaqat faylasuflar, balki muhandislarning o‘zlari ham texnikani tushunishga tobora ko‘proq e’tibor berishni boshladilar. Bu mavzu 1930-yillarda nemis ustavi muhandislari ittifoqining “Texnika va madaniyat” jurnali sahifalarida qizg‘in muhokama qilindi. Texnik muammolarni falsafiy aks ettirishga qiziqish keyingi davrlarda ham kuchayib bordi. Vena (1968), Varna (1973) va Dyusseldorf (1978) jahon falsafiy kongresslarida texnika falsafasi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. O‘shandan beri texnika falsafasiga bag‘ishlangan nashrlar soni tez rivojlana boshlaydi. Lekin, o‘sha paytda ham bir qator faylasuflar texnika sohasida qandaydir falsafa bo‘lishi mumkinligiga shubha qilishgan. Falsafiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lmasada, shunga o‘xshash nuqta nazar uzoq an’anaga asoslangan edi. Bir tomondan, G‘arb falsafasi texnikani hunarmandchilik sifatida ko‘rib chiqishga odatlangan va yaxshi holatda to‘plangan bilimlarni amaliy qo‘llash sifatida talqin qilgan. Shuningdek, intellektual nuqtai nazardan “past” bo‘lgan va falsafiy mulohazaga loyiq bo‘lmagan faoliyat sifatida targ‘ib qilishgan. Bundan tashqari, falsafaning intuitivlikka asoslangan amaliy faoliyatiga qarshi turishi kerak bo‘lgan “ruh olami” ning bir qismi sifatida qaralgan. Boshqa tomondan, odamni faqat “hayvon ratsionali” deb hisoblash tendentsiyasi kuchaygan davr edi.
G‘arbda mavjud bo‘lgan an’analar, jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismi sifatida texnikaga e’tiborini kuchaytirdi va aynan texnikaning rivojlanish darajasi insoniyatning ijtimoiy, madaniy va hatto axloqiy taraqqiyot darajasini belgilashi mumkinligini ta’kidladi. Texnika tushunchasiga nisbatan bo‘lgan bunday determinantlashgan qarash muayyan qarshiliklarga duch kelgan holatlar bo‘lgan. Biroq, ko‘pchilik texnikaning falsafiy tahlilini e’tiborsiz qoldirish xatto fikr ekanligini ta’kidlashgan. An’anaviy cheksiz taraqqiyot g‘oyasi va 1960-yillarning oxiriga xos bo‘lgan “o‘sish chegaralari” o‘rtasidagi qarama-qarshilikni tan olish bilangina texnika falsafasi nihoyat falsafaning mustaqil tarmog‘i sifatida shakllangan.
REFERENCES
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -Р.406-410.
- Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.