3.15 Kommunikatsiyaga bо‘lgan ehtiyoj va uning ahamiyati

Authors

  • Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Isoev Ozodbek Otabek o‘g‘li. Toshkent davlat transport universiteti talabasi.

Abstract

Annotasiya.     Odamlar о‘zi yashayotgan joydan tashqari boshqa yerlar borligini va unda boshqa xalqlar yashayotganligini anglab yetishgach, ularda bu joylarga borish va u  yerdagi xalqlar bilan muloqot о‘rnatish ishtiyoqi vujudga kela boshladi. Xuddi mana shu jihat yо‘l transport sohasidagi kommunikatsiyaning shakllantirgan dastlabki omil bо‘lgan.

Kalit so‘zlar: insoniyat, ehtiyoj, kommunikatsiy, muloqot, transport.

 

Insoniyatning yer yuzida qachon paydo bо‘lganligi haqidagi    ma’lumolar yildan yilga yangilanib о‘zgarib bormoqda. 1980 yillardagi ilmiy manbaalarda ilk odamlarning vujudga kelish vaqti 2,5 – 3 million yil deb yozilgan edi. Oradan hech qancha vaqt о‘tmasdan bu raqamlar ikki baravarga о‘zgarib ketdi. Hozircha eng qadimiy deb baholanayotgan odamlarning makonlari “1994 yilda Efiopiyaning shimolida Aramiz daryosi havzasida topilgan. Australopitecus ramidus deb atalgan ushbu mavjudotlar qoldig‘ining yoshi  4,5 million yilga teng”[1] deb aytilmoqda.  Ushbu 4,5 million yil bizning bir og‘iz gapimiz bilan aytilib, juda tez va oson yoziladi. Biroq, bu juda katta muddat. Ayniqsa, inson umri bilan qiyoslaganda. E’tibor  qaratilsa, odamzotning qadimiy izlari asosan Afrika va Osiyo mintaqalaridan topilgan. Chunki, bu mintaqalarning iqlim sharoitlari yashash uchun qulay bо‘lib, odamlarning qorin tо‘ydirishlari ham muammo bо‘lmagan. Bunday holat terib-termachlab kun kechiradigan, ya’ni tabiat ne’matlarini qanday bо‘lsa shundayligicha iste’mol qiladigan, tabiat bag‘ri о‘zi uchun uy-joy hisoblangan ilk odamlar uchun ayni muddao bо‘lgan. Bu hududlardagi nihoyatda mо‘tadil iqlim shart-sharoitlari tufayli, hamma joy odamlarning yashashiga mos kelavergan. G‘orlar va shunchaki shox-shabbalardan yasalgan chaylalar esa ibtidoiy odamlarning havas qilib yashaydigan shohona maskanlari bо‘lgan. buning boisi, о‘sha paytdagi odamlarning aqli-idroki ham shunga yarasha bо‘lgan. Tarixchilar tilida paleolit, ya’ni tosh davri deb atalgan ushbu davr insoniyat taraqqiyotida eng uzoq davom etgan davr hisoblanadi. Mazkur davrda yaratuvchanlik, bunyodkorlik kabi iqtidor va qobiliyatlar hali odamlarda shakllanmagan edi. Bu kabi yuksak hislatlar shakllanishi uchun oradan qanchadan-qancha suvlar oqib о‘tishiga tо‘g‘ri keldi. 

Millionlab yillar mobaynida tabiatdan faqat tayyorini olib yashagan ibtidoiy odamlarning hayot tarzi juda sekinlik bilan bо‘lsada, pastdan yuqoriga qarab rivojlanib bordi. Negaki, odamzotga boshqa jonzotlarga berilmagan aql-idrok, tafakkur va fikrlash-mulohaza yuritish kabi yuksak qobiliyatlar ato etilgan edi. Shu bois, bunday ilohiy imkoniyatlar sohibi bо‘lgan insonning boshqa mavjudotlar singari yovvoyilikda va    ma’nisizlikda kun kechirishi mumkin emas edi. Ham ilohiy yondashuv, ham ilmiy nuqtai nazaridan, inson boshqa mavjudotlardan farqli ravishda taraqqiy etishga mahkum etilgan edi. Insoniyat hayotida tub burilishlar va keskin о‘zgarishlar yasagan nuqtalar juda kо‘p bо‘lgan. Shulardan dastlabkisi va asosiysi, odamlar turmushida ijtimoiy munosabatlar elementlari vujudga kelganligi bilan belgilanadi. Bunda odamlar muayyan tartib-qoidalar asosida yashay boshlaganlar. Xohishiga kelgan ishni qilishga chek qо‘yilib, odamlar о‘zlarining biologik, jismoniy, hirsiy va boshqa ehtiyojlarini jilovlashni о‘rganganlar. Uyat-andisha, or-nomus, juftiga muhabbat, farzandlik va ota-onalik tuyg‘ulari kabi axloqiy meyorlar shakllana bordi. Keyinchalik iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy, huquqiy va siyosiy tamoyillar ishlab chiqildiki, bular odamlar hayotida mutloqo yangi bir davrni boshlab berdi. Bu odamlarning hayoti, poda bо‘lib yashagan ibtidoiy tо‘dalardan iborat odamlarning hayotidan butkul farq qilardi. Ular о‘z о‘tmishdoshlari singari tabiat nima bersa о‘sha bilan kifoyalanib qololmas edilar. Birgina terib-termachlab kun kechirish ularni qoniqtirmay qо‘ygandi. Chorvachilik va dehqonchilikni kashf etish orqali ular tabiat ne’matlarini kо‘paytirishga, qayta ishlashga va о‘zlariga moslashtirishga muvaffaq bо‘ldilar. Tabiat oldidagi qaramlik о‘z о‘rnini tabiatdan foydalanish tamoyiliga bо‘shatib berdi. Hunarmandchilik sohalarini qadam-baqadam rivojlanishi esa odamlar maishiy turmushida ancha siljishlarga olib keldi. Bular oxir-oqibatda ijtimoiy munosabatlar doirasidagi kerak bо‘lgan muhim bir ehtiyojni kelib chiqishiga zamin yaratgan. Bu ehtiyoj odamlarning avval bir-birlari bilan, keyin oilalarni, urug‘larni, sо‘ngra qabilalarni, davlatlarni, eng oxirida esa mintaqalarni о‘zaro aloqa qilishga yoki aloqa yо‘llarini, ya’ni kommunikatsiya tizimini yaratishga bо‘lgan ehtiyojidir. Lug‘aviy jihatdan kommunikatsiya iborasi – aloqa yо‘li, yо‘l, aloqa va almashinuv kabi ma’nolarni bildiradi. Kommunikatsiya atamasi odatda ikki xil yо‘nalishda qо‘llaniladi: birinchisi, yо‘l va transport infratuzilmasida; ikkinchisi, axborot tizimi sohasida. Bu ikki soha mohiyat va mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. Biz birinchi yо‘nalish – yо‘l va transport infratuzilmasiga oid kommunikatsiya haqida tо‘xtalib о‘tamiz.

 Inson aql-zakovati oshib borib, ongli mavjudot sifatida faoliyat kо‘rsatar ekan uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining doirasi ham kengayib bordi. Endi bu ehtiyojlarni qondirish uchun birgina о‘z urug‘i va qabilasi miqyosidagi faoliyat odamlar uchun kamlik qila boshladi. Odamlar о‘zi yashayotgan joydan tashqari boshqa yerlar borligini va unda boshqa xalqlar yashayotganligini anglab yetishgach, ularda bu joylarga borish va u  yerdagi xalqlar bilan muloqot о‘rnatish ishtiyoqi vujudga kela boshladi. Buning uchun ular avvalo, о‘sha joylarga olib boradigan hamda qaytib kelishlarini ta’minlaydigan xavfsiz va qulay yо‘llarni izlab topishlari lozim edi. Aytish mumkinki, odamlar ushbu muhim vazifani uddalashgan. О‘zga xududlarga borib keladigan aloqa yо‘llariga asos solishgan. Xuddi mana shu jihat yо‘l transport sohasidagi kommunikatsiyaning shakllantirgan dastlabki omil bо‘lgan. О‘zga yurtlarga yetaklaydigan yо‘llarni topib va bu yо‘llardan yurganlar,  о‘sha davr odamlari orasidan eng aqllilari bо‘lishgan. Chunki u davrda shimol, janub, sharq va g‘arbni aniqlaydigan kompaslar yaratilmagan, qayerda chо‘llar, tog‘lar, daryolar yoki dengizlar borligini hamda ana shu daryolarni qayergacha oqib borishini, dengizlarni esa qayergacha davom etishini kо‘rsatadigan geografik xaritalar bо‘lmagan. Yо‘llar bо‘yida har xil belgilarni va kо‘rsatkichlarni о‘rnatilganligi tо‘g‘risida gap ham bо‘lishi mumkin emasdi. U zamonlarda hamma narsa tabiat hodisalariga hamda yо‘lboshlovchilarning xotirasiga aql va zakovatiga bog‘liq bо‘lgan. Yо‘lboshlovchilar kunning chiqishi va botishiga qarab, tungi vaqtlarda yulduzlarning joylashishiga qarab va boshqa tabiat hodisalariga qarab hamda yurgan joylarini eslab qolib, yо‘l topganlar. Bu jarayonda adashishilar, xatoliklar ham bо‘lgan va ularning badali ba’zan og‘ir bо‘lgan. Shu bois, uzoq yо‘lga otlanganlarning uylariga qaytib kelishlari masalasi ham gumon bо‘lgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, boshqa mamlakatlarga borish-kelish yо‘llarini izlash, topish dastlab shunchaki qiziqish, ishqibozlik bilan boshlangan bо‘lsada, keyinchalik uning maqsad-muddaolari о‘zgardi. Bu maqsad-muddaolarning ichidan quyidagilar eng asosiylari edi:

  • savdo-sotiq, diplomatik, ijtimoiy, madaniy aloqalarni olib borish;
  • xarbiy, siyosiy maqsadlarni kо‘zda tutish.

Bu omillar yillar mobaynida yо‘l kommunikatsiya tizimini rivojlanishida muhim asos sifatida xizmat kelib kelmoqda. Aytish mumkinki, bu jihatlar bir-birini tо‘ldirib, ba’zan omuxtalashgan holatda mavjud bо‘lib kelgan. Masalan, о‘tmishdagi jangu-jadallar tarixi bilan tanishganimizda, davlatlar orasida xarbiy, siyosiy mojarolar boshlanishidan oldin ular о‘rtasida kommunikatsiya aloqa yо‘llari ochilib, diplomatik aloqalar о‘rnatilganligini, savdo-sotiq ishlari olib borilganligini guvohi bо‘lamiz. Zotan, begona о‘lkalarga safar qiluvchi karvonboshilar, savdogarlar asosiy ishlariga qо‘shimcha ravishda о‘z hukmdorlariga    ma’lumotlar yetkazib berish, ayg‘oqchilik qilish ishlari bilan ham shug‘ullanganlar. Lekin, nima bо‘lmasin boshqa yurtlarga  aloqa yо‘llarining ochilishi, turli sohalarda hamkorliklarni yо‘lga qо‘yilishi,  xalqlarning hayotida progressiv ahamiyat kasb etgan.

 

REFERENCES

  1. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
  2. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  3(3), March, 2023.
  3. Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
  4. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
  5. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  6. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  7. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
  8. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
  9. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  Volume: 1, lssue 6,  2021. -Р.406-410. 
  10. Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
  11. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  12. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  13. Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
  14. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.

 

 

[1] V.A.Bahritdinov, S.A.Zakirova, G.A.Abdurahimova, S.E.A’zam. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. Toshkent.     2008. 135 bet.

Published

19-11-2023

How to Cite

Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Isoev Ozodbek Otabek o‘g‘li. Toshkent davlat transport universiteti talabasi. (2023). 3.15 Kommunikatsiyaga bо‘lgan ehtiyoj va uning ahamiyati. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 3(1), 59–62. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/119